«O’zbekiston fuqarolarini tinglash 2» (L2CU-2) so’rovnomasi o’tkazilib, unda O’zbekiston Respublikasining barcha hududlaridan tanlab olingan 200 mahalladan 5000 respondent ishtirok etmoqda.
Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan «O’zbekiston fuqarolarini tinglash» (#L2CU) loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida NBT mutaxassislari O’zbekiston Respublikasi bo’ylab suhbatdoshlar uchun bir qator treninglar o’tkazishni boshladilar.
Bizning mutaxassislarimiz 80 dan ortiq Trening ishtirokchilarini (suhbatdoshlarni) avtomatlashtirilgan shaxsiy intervyu tizimi (#CAPI) va ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar usullari bilan tanishtiradilar.