Zamonaviy dunyoda ekologik ta’lim muhim o’rin egallaydi, ayniqsa atrof-muhitni muhofaza qilish bo’yicha mutaxassislarni tayyorlashda.
NBT Group xodimlari «Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligi mexanizatsiya muhandislari instituti» Milliy tadqiqot universitetida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish yo’nalishi bo’yicha tahsil olayotgan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda faol ishtirok etmoqdalar. NBT Group kompaniyasi xodimlari 3-kurs talabalari uchun «Ekologik monitoring» fanidan amaliy mashg’ulotlar o’tkazdilar. Amaliy mashg’ulotning mavzusi «Bioindikatsiya yordamida ekologik monitoring» bo’lib, unda talabalarga ekologik monitoringni o’tkazishda biotestlash usullarini amalda qo’llash, taniqli bioindikatorlar, ularning atrof-muhitning ifloslanishiga javob berish qobiliyati va bioindikatsiyaning ekologik monitoringdagi roli bilan tanishish imkoniyati berildi.