NBT Group kompaniyasi hamkori «INTEGRAL» kompaniyasi bilan birgalikda O’zbekistonda ilk marotaba “TIQXMMI” MTU hududida 13 – 16-may kunlari bo’lib o’tadigan «Ekologik modellashtirish dasturiy vositalari: akustik hisob-kitoblar, atmosfera havosining ifloslanishini baholash va suv obyektlarining ifloslanishini baholash» malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli boshlab oldi.
Kurs doirasida Sankt-Peterburglik «Integral» kompaniyasi mutaxassislari dasturiy ta’minotdan foydalanishni, xususan, akustik hisob-kitoblarni o’tkazish, atmosfera havosining ifloslanishini baholash va suv obyektlarining ifloslanishini baholashni o’rgatadilar.